“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida bo‘lib, polietilen mahsulotini ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi

Hozirgi kunda dunyo bozorida polietelin mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida, polietilen bozori dinamikasi va narxlar tendentsiyani kuzatgan holda sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni o‘z vaqtida iste’molchilarga yetkazib berilishi borasida tizimli ishlarni amalga oshirilishini talab etadi.

Bu borada, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida ham xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilayotgan polietilen mahsulotini birja savdolari orqali ichki va tashqi bozorlarda sotish va iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha aniq mexanizmlar asosida amalga oshirilib kelinmoqda.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida Boshqaruv raisi tomonidan Majmuaning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar muhokama qilindi.

Boshqaruv raisi tomonidan majmuada ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘la foydalanish, tayyor mahsulotlarni birja savdolari orqali sotilishi hamda ichki va tashqi bozorlardagi iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berilishini yanada takomillashtirish, xalqaro bozorlarda mahsulot brendini yanada ko‘tarish va majmuaning eksport salohiyatini yanada oshirish, shuningdek, polietilen mahsulotini ishlab chiqarish jarayonlarida markadan markaga o‘tish uchun to‘xtalishlarni optimallashtirish va samaradorligini oshirish haqida ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot uchun, Majmuada yiliga 3,9 mlrd kub metrgacha tabiiy gazni qayta ishlab, 3,5 mlrd kub metr tovar gazi, 125 ming tonnadan ortiq polietilen granulasi, 100 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz, 100 ming tonnadan ortiq gaz kondensati, 1,5 ming tonna oltingugurt granulasi, 750 ming metrdan ortiq alyumin kompozitli panellar, 4,5 ming tonnadan ortiq polietilen quvurlar, shlanglar, ulovchi qism (fiting)lar, tomchilab sug‘orish tizimlari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz