Qadrli xotin-qizlar! Hurmatli hamkasblar! Barchangizni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Jamiyat va tizimdagi zavodlar, boshqarmalar, neft bazalari va barcha tashkilotlarimizda faoliyat olib borayotgan, o‘zining mehnati bilan namuna ko‘rsatayotgan aziz opa-singillarimizni tabriklayman.

Barchangizga oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilab, neft va gaz sohasi rivojiga hissa qo‘shish uchun biz erkaklar bilan yelkama-yelka turib mehnat qilayotganingiz uchun sizlarga ta’zim qilaman. Bu qutlug‘ ayyomda siz muhtarama ayollarimizga eng samimiy, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Sizlarning samarali mehnatlaringiz evaziga bugun “O‘zbekneftgaz” AJ mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Sizlarning mehnatingiz sabab, tabiiy gaz qazib chiqarilishi oshib bormoqda. Zavodlarda matonat bilan ishlayotganingiz hisobiga tabiiy gaz qayta ishlanmoqda. Sizlar sabab, korxonalarda ozodalik saqlanib turibdi.

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan siz munis ayollarimizni bahorning ilk bayrami munosabati bilan o‘zim va oila a’zolarim, “O‘zbekneftgaz” AJning 40 mingdan ziyod erkak ishchi-xodimlari nomidan go‘zallik bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Hurmat bilan,
Mehriddin ABDULLAEV

 

 

www.sgcc.uz