Energetika vazirligi va “ACWA Power” kompaniyasi O‘zbekistonning ekologik toza energiya sohasidagi salohiyatini oshirish bo‘yicha asosiy bosqichlardan o‘tmoqda 

O‘zbekiston Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “ACWA Power” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik tufayli 2020-yil mart oyida imzolangan kelishuvlar ijrosi doirasida O‘zbekistonda ekologik toza energiya ishlab chiqarishni 2500 MVtga oshirish bo‘yicha energetika loyihalari ijrosi yo‘lida uchta asosiy bosqich amalga oshirildi. 

Quvvati 1500 MVt bo‘lgan Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stantsiyasi qurilishi loyihasini boshlash marosimi ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tib, shundan so‘ng ikkita ESK va Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi shamol elektr stantsiyalari bo‘yicha Investitsiyaviy kelishuv imzolandi. Marosimda shuningdek O‘zbekiston Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “ACWA Power” kompaniyasining yuqori martabali vakillari ishtirok etdi. 

Mazkur uchta loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonning energetik quvvatlarini talab darajasida oshirish kafolati hisoblanadi, chunki 2030-yilga borib elektr energiyasi iste’moli 110 milliard kVt soatga yetishi kutilmoqda. Ular shuningdek, O‘zbekistonda energiya samaradorlikni oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek energetika sektorida yaqinda amalga oshirilgan islohotlar doirasida qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha milliy dastur bilan kelishiladi. 

Alisher Sultonov, O‘zbekiston Energetika vaziri:

“Qayd etilgan bosqichlardan o‘tish biz o‘zimizga yuklatilgan majburiyatlarni bajarayotganimizdan dalolatdir. O‘zbekistonda ekologik toza energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirish ma’lum vaqt davomida ishlanmalar va investitsiyalar sohasidagi ko‘plab maqsadlarga erishishni ko‘zda tutadi. Rejalarimizning samarali amalga oshirilishi O‘zbekistonga katta miqdordagi investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatimiz energetik maqomini oshirish imkonini beradi. Vazirlik “ACWA Power” kompaniyasi va Saudiya Arabistoni delegatsiyasiga boshlangan ishlar uchun chuqur minnatdorlik izhor etadi. Biz uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilish niyatidamiz”.

“ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan loyiha bo‘yicha erishilgan natijalar bilan faxrlanib, quyidagilarni qayd etdi:

“Biz, Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyasi vakillari O‘zbekistonning ikki mamlakat o‘rtasidagi Hamkorlik to‘g‘risidagi amaldagi bitimga muvofiq energetika tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli rejasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynayotganimiz bilan faxrlanamiz. Bu yo‘lda biz bir jamoa bo‘lib mehnat qilayapmiz, shu sababli men loyiha qurilishi boshlanishi va O‘zbekiston hukumati bilan investitsiyaviy bitimlarni imzolash marosimida ishtirok etib, bizga iltifot ko‘rsatgan investitsiyalar vaziri Xolid bin Abdulaziz Al Folih va Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Xisham Mishal Al-Suvaylem boshchiligidagi rasmiy delegatsiyaga o‘z minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman. Bu Saudiya Arabistoni Qirolligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga rahbariyatimiz tomonidan berilgan yuksak baho bo‘ldi. Shuningdek, men O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga “ACWA Power” kompaniyasining arzon narxlarda elektr energiyasi yetkazib berish borasidagi dunyo tajribasiga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildiraman, bu mazkur uchta loyiha sababli bizning mamlakatdagi ishtirokimizni kengaytirish imkonini berdi. Sirdaryo IES qurilishiga start berilishi, ESK va O‘zbekistonning past darajali uglevodorod chiqindili resurslardan foydalanishga o‘tishida muhim omil sanaladigan Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi “Bash” va “Jonkeldi” shamol elektr stantsiyalari bo‘yicha Investitsiya kelishuvlarining imzolanishi bizning energetika tarmog‘ini isloh qilish va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirilishini rag‘batlantirish jarayonidan ilgarilab ketishga bo‘lgan intilishimizni ifodalaydi. Bu shuningdek, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, Saudiya Arabistoni Qirolligi tashqarisida xorijiy investitsiyalar hajmini maksimal darajada oshirish hisobiga biz Saudiya Arabistonining Nigoh – 2030 ga rioya qilishimizni tasdiqlaydi”.

Sirdaryo IES

Quvvati 1500 MVt bo‘lgan Sirdaryo IES qurilishini boshlash marosimi tantanali ruhda o‘tdi. Umumiy qiymati 1,2 milliard dollar bo‘lgan mazkur loyihaning foydali ish koeffitsienti qariyb 60 foizni tashkil etadi. Bu esa boshqa elektr stantsiyalari bilan taqqoslaganda hozirgi vaqtda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz miqdorini deyarli ikki barobar iqtisod qilish imkonini beradi.

Loyiha real vaqt rejimida havo izolyatsiyasiga ega ochiq taqsimlash qurilmasi orqali O‘zbekistonning milliy energiya tizimiga uzluksiz elektr energiyasi uzatish va kunu-tun elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun dunyo ekspertlari tomonidan loyihalashtirilgan eng zamonaviy konstruktsion yechimlar, ekspluatatsiya va nazorat vositalaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi shamol elektr stantsiyalari

O‘zbekiston Energetika vazirligi va “ACWA Power” kompaniyasi umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stantsiyalari bo‘yicha Elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha ikkita kelishuvni imzoladi. 

O‘zbekiston Investitsiyalar vazirligi va ACWA Power o‘rtasida ikkita Investitsiyaviy kelishuv imzolandi.

Buxoro viloyati hamda Buxoro va Navoiy viloyatlari chegarasida joylashgan “Bash” va “Jonkeldi” elektr stantsiyalarini qurish loyihasining umumiy qiymati qariyb 1,3 milliard dollarni tashkil etadi. Mazkur loyihalarni amalga oshirish uglevodorod chiqindilarini 1,6 million tonnaga qisqartirish imkonini berishi, shu bilan birga  2031-yilga borib energiya quvvatlarining 40 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tkazish bo‘yicha hukumat tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishishga xizmat qilishi kutilmoqda.  

Vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Energetika vazirligi va “ACWA Power” kompaniyasi vodorod energiyasini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Mazkur kelishuv O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda vodorod va qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ilmiy izlanishlar orqali issiqxona gazi chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha o‘z maqsadiga erishishda birinchi qadamlarini nazarda tutadi. Bu BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi konventsiyasi doirasida Parij bitimida ham ta’kidlangan.

“ACWA Power” kompaniyasiga doir ma’lumotlar:

“ACWA Power” kompaniyasi elektr energiyasi va chuchuk suv ishlab chiqarish bo‘yicha uskunalarni ishlab chiqish, moliyalashtirish va ekspluatatsiya qilishga ixtisoslashgan. “ACWA Power” kompaniyasi 2004-yilda Ar-Riyod shahri (Saudiya Arabistoni)da ro‘yxatga olingan va ta’sis etilgan bo‘lib, undagi xodimlar soni qariyb 3 500 nafarni tashkil etadi. Xalqaro hamkorlik esa hozirgi kunda Yaqin Sharq, Afrika, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoning 12 ta mamlakatini qamrab olgan.

“ACWA Power” kompaniyasi portfeli investitsiya qiymati 61,2 milliard AQSh dollariga teng, sutkasiga kommunal xizmatlar va davlat-xususiy hamkorligi modellari autsorsingi asosidagi uzoq muddatli ofteyker shartnomalari doirasida davlat kommunal va sanoat korxonalari ehtiyojlarini qondirish uchun ulgurji yetkazib berilayotgan  38,7 GVt elektr energiyasi va 5,8 million m3 chuchuk suv ishlab chiqaradigan 60 ta aktivni o‘z ichiga oladi. 

“ACWA Power” kompaniyasining maqsadi arzon narxlarda uzluksiz elektr energiyasi va chuchuk suv bilan ta’minlash hamda shu tariqa jamiyat va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga samarali ko‘maklashishdan iborat. Dunyoning barcha mintaqalarida o‘z faoliyatini oshirish asnosida “ACWA Power” kompaniyasi insonlar xavfsizligi va unumdorlik singari qadriyatlarga amal qiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz