2020 yil yanvar oyida neft qazib olish 2019 yilning shu davriga nisbatan keskin qisqardi
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar oyida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi.
Qayd etilishicha, 2019 yilning shu davrida 71,6 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 93,6 ming tonna.
Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatildi. 2019 yilda 81,7 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 100,0 ming tonna.
Shu bilan birga, O‘zbekiston 2020 yil yanvar oyida neft qazib olishni 2019 yilning shu davriga nisbatan (60,6 ming tonna) keskin qisqartirdi - 19,2 ming tonnagacha.
2020 yil yanvar oyida tabiiy gaz qazib olish 4,75 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan kam (5,28 milliard kub metr).
2020 yil yanvar oyida O‘zbekiston 143,1 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan biroz ko‘proq (141,4 ming tonna).
manba:kun.uz