Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan bo‘lib undan unumli foydalanib kelayotgan ishchi-xodimlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Atrof-muhit muhofazasi xizmati xodimlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti olimlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Hamkorlikda sanoat chiqindilarini qayta ishlash usullarini topish, metall konstruksiyalarining ishlash vaqtini uzaytirish ya’ni biokoroziyaning oldini oluvchi hamda oqova suvlar tarkibidagi mikroorganizmlarni zararsizlatirishda ishlatiladigan yangi organik moddalar sintez qilish bo‘yicha bir qator yutuqlarga erishmoqdalar.

Universitet olimlari bilan hamkorlikda Atrof-muhit muhofazasi xizmati yetakchi muhandisi Xoliyorov Shavkat Bakirovichning "Oqova suvlarni tozalash sexi qurilmasi separatorida yig‘ilgan chiqindi tarkibini o‘rganish va qayta ishlash" hamda Ekoanalitik laboratoriyasi boshlig‘i Usmanov Choriyor Eshmuminovichning "Ishlatilgan dietanolamini tozalash va uning asosida sintezlar" mavzusidagi olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilmoqda.

Atrof-muhit muhofazasi xizmati yetakchi muhandisi Sh.Xoliyorovning "Oqova suvlarni tozalash sexi qurilmasi separatorida yig‘ilgan chiqindi tarkibini o‘rganish va qayta ishlash" mavzusidagi ilmiy ishi orqali qurilmada yig‘ilgan chiqindi tarkibini chuqur tahlil qilib uni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish va bu orqali mazkur sanoat chiqindisining atrof-muhitga salbiy ta’sirini oldini olishga qaratilgan. Bu esa o‘z navbatida chiqindilarni joylashtirganlik uchun to‘lanadigan to‘lovlar miqdorini keskin kamaytirishga xizmat qilish bilan bir qatorda, qurilmaning uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari neft va gazni qayta ishlash korxonalarida hosil bo‘ladigan shu kabi chiqindilarni qayta ishlash imkoniyati yaratiladi.

Ekoanalitik laboratoriyasi boshlig‘i Ch.Usmanovning "Ishlatilgan dietanolamini tozalash va uning asosida sintezlar" mavzusidagi ilmiy ishi orqali esa gazni chuqur qayta ishlashda hosil bo‘ladigan dietanolamin chiqindisini qayta ishlash (tozalash)ni yo‘lga qo‘yib, undan qayta foydalanish maqsadida amalga oishirilmoqda. Bunda mazkur tozalangan dietanolaminni qayta ishlatish yoki mash’ala (fakel)ga yoqilayotgan zararli gazlarni ushlab qolishdan iborat. Bu orqali dietanolamin ishlatiladigan barcha gazni qayta ishlash korxonalaridagi mavjud muammolarni yechish nazarda tutilgan.

Shuningdek, olib borilayotgan ilmiy izlanish va ijobiy natijalarga erishilgan tadqiqot ishlarini sanoat korxonalariga qo‘llash orqali ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirilishiga erishiladi.

Ma’lumot uchun, olib borilgan ilmiy izlanishlar haqida maqolalar Avstriyaning nufuzli “Texnik va tabiiy fanlar” xalqaro ilmiy jurnalida chop ettirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz