Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning yanvar — sentyabr oylarida 24 ta xorijiy davlatga qiymati 220,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 217,3 ming tonna polietilen eksport qilgan.
Polietilen eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 52 ming tonnaga kamaygan.
2021 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p polietilen eksport qilgan davlatlar:
— Turkiya – 61,1 ming tonna
— Rossiya – 42,9 ming tonna
— Xitoy – 40,2 ming tonna
— Latviya – 25,3 ming tonna
— Qozog‘iston – 20 ming tonna
— Ukraina – 14,6 ming tonna.
Manba: xs.uz