2019 yil 31 may kuni majmuaning kichik majlislar zalida “O'z kasbining mohir ustasi” tanlovining mart oyi yakuni o'tkazildi. Tadbir mobaynida “O'z kasbining mohir ustasi” tanlovi “Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” MChJda faoliyat yuritayotgan ishchi-xizmatchilarining mehnatini qadrlash, ish jarayonida jamoada tartib-intizom yuqori darajada bo'lishi, o'z ishiga mas'uliyat hissi bilan yondoshish, kasb vazifalarini vijdonan bajarishi va qadrlashi uchun imkoniyat yaratish, o'z kasbining mohir ustasi ekanligini keng jamoatchilikka bildirish, mehnat jamoasi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, ularda yaratuvchanlik hissini oshirish, Respublikaning ishlab chiqarish salohiyatiga o'z hissasini qo'shayotganligidan faxrlanish, bajarayotgan ishidan mamnunlik hissi, o'z kasbi bilan faxrlanish tuyg'ularini yanada oshishi, o'z iqtidorini namoyish etishga imkoniyat yaratish, ishchi-xizmatchilarning faolligi, fidoiyligi va jonbozligi uchun rag'batlantirishni amalga oshirish va 2019 yil - “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni bajarilishini ta'minlash maqsadida tashkil etilganligi yig'ilganlarga bildirildi.
Shuningdek,
“O'z kasbining mohir ustasi” tanlovi Nizom talablariga binoan mart oyi yakunlari bo'yicha majmuaning 19 nafar ishchi-xizmatchilari g'olib deb topilib, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.