2023 yil boshidanoq “Sho‘rtan GKM” MCHJ xalqaro aloqalarni mustahkamlash orqali material texnik resurslarni ishonchli ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan xarid qilish va savdo zanjirlari uzayishi oqibatida xarid narxlarining oshib ketishini oldini olish bo‘yicha o‘z harakatlarini boshlab yubordi.
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan, Xitoy Xalq Respublikasining “Shinjon (Sinszyan) Osiyo-Yevropa xalqaro savdo markazi” (AEEX) raisi Chjan Xonpin xonim va markazning O‘zbekistondagi vakili, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasi” AJ (O‘zRTXB) Qashqadaryo filiali direktori Sh.Primovning “Sho‘rtan GKM” MCHJga tashrif buyurishi va majmua rahbariyati va mutaxassislari bilan uchrashuvi bu boradagi rejalarning qat’iyligidan dalolatdir.
Uchrashuvda majmuamiz tomonidan bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshmurodov, bosh direktorining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari J.Xalimov, majmua bosh mexanigi, bosh energetik, Moddiy texnika ta’minoti xizmati, Mahalliylashtirish va kooperatsion aloqalarni rivojlantirish xizmati, Material texnik resurslarni boshqarish xizmati, Birja savdo maydonchasi vakillari va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.
AEEX – Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligining 20% ulushiga ega bo‘lgan yirik savdo markazi bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasi bo‘ylab 35 ta provinsiyada 109 ta vakolatxonaga egadir. AEEX savdo markazi O‘zRTXB bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, uchrashuv davomida tomonlar ushbu hamkorlik aloqalaridan ham samarali foydalanish choralari haqida ham to‘xtalib o‘tishdi.
Shuningdek, suhbat davomida majmua tomonidan e’lon qilinadigan “Eng yaxshi takliflarni tanlash” va “Tender” savdolari orqali xaridlarni amalga oshirishda Xitoy davlatida joylashgan va faoliyat olib borayotgan ishonchli ishlab chiqaruvchilarni AEEX savdo platformasi orqali xaridlarga jalb etish va ularning AEEX – UzEx platformalari orqali oson ro‘yxatdan o‘tishlari va tenderlarda qatnashishlari uchun qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Xitoy davlatidagi ishlab chiqaruvchilarni majmuamizda amalga oshiriladigan xaridlarga to‘g‘ridan – to‘g‘ri jalb etish orqali kafolatlangan sifatni ta’minlash borasidagi reja va tadbirlar bo‘yicha fikrlar almashinildi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, Chjan Xonpin xonim bir vaqtning o‘zida "Xitoy xalqaro elektron tijorat markazi" (CIECC) bosh direktori, “Yili savdo palatasi”, Xitoy xalqaro savdo palatasi vitse prezidenti, “Shinjon Kuitun shahar sanoat va tijorat federatsiyasi” raisi o‘rinbosari, “Shinjon provinsiyasi Yili prefekturasi Xitoy xalq siyosiy maslahat konferensiyasi” (SRRSS) a’zosi, “Sog‘liqni saqlash alyansi xayriya jamg‘armasi” vitse prezidenti, “Xitoy sanoat fotosuratlari uyushmasi”ning shimoliy Shinjon vakolatxonasi direktori o‘rinbosari, “Shinjon transchegaraviy elektron tijorat sanoati assotsiatsiyasi” ijrochi prezidenti, “Shinjon Kuitun Yangi G‘arbiy Osiyo Petrokemikal Ko., Ltd.” Raisi hisoblanadi.
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|