Mamlakatimizda shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yoshlarni tanlash, saralab olish va ularni professional shaxmatchilar va xalqaro grossmeysterlar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda va bu borada katta yutuqlarga erishilmoqda.

Xususan, ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini va sportning shaxmat turini keng targ‘ib qilish hamda uni ommaviylashtirish maqsadida "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ham har yili an’anaviy tarzda onlayn shaxmat chempionati o‘tkazilib kelinmoqda.

Chempionatning 2023 yilgi mavsumi ham har galgidek qiziqarli va murosasiz o‘yinlarga boy o‘tdi. Majmuaning sex, bo‘lim, xizmat va tarmoqlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan 24 nafar ishchi-xodimlar yil davomida shaxmatning «Blitz» yo‘nalishi bo‘yicha  onlayn tarzda 23 ta tur doirasida o‘zaro bellashdilar.

Quyida yakunlangan onlayn "Tezkor shaxmat chempionati-2023" musobaqasining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishishingiz mumkin:
1-o‘rin - Qodirov Sanjar Haydarovich - Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexi xodimi;
2-o‘rin - Fayzullayev Akrom Begmatovich - "Geolog" M va SSM xodimi;
3-o‘rin - Arabov Sharof Nurqulovich - Elektr ta’minoti sexi xodimi;
“Eng yaxshi yosh shaxmatchi” nominatsiyasi g‘olibi - Rajabov Botir Boyquvvatovich - SHGKM Ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi xodimi.

Musobaqa yakuniga bag‘ishlangan tadbirda majmua ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan g‘olib va sovrindorlarga diplom va pul mukofotlari topshirildi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati