Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida o‘tkazilgan “Innovatsion g‘oyalar va yangi takliflar” tanlovi hamda "Onlayn shaxmat chempionati-2021" g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida “Eng yaxshi innovatsion g‘oya" va “Eng yaxshi ratsionalizator taklifi” ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi.

Majmuada ushbu tanlovni tashkil etishdan maqsad innovatsion, ratsionalizatorlik va ixtirochilik g‘oyalari, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, yangi mahsulot chiqarish, mahsulot sifatini oshirish, yoqilg‘i va yoqilg‘i tejashga qaratilgan dolzarb vazifalarni hal etishda ijodiy salohiyat va resurslardan samarali foydalanishdan iborat. Bundan tashqari zavoddagi energiya resurslari, xom-ashyo, materiallar, mehnatni muhofaza qilish holati va boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalarni faollashtirish ham ko‘zlangan.

Taqdim etilgan takliflarda zavod faoliyatining turli yo‘nalishlari – jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, ikkilamchi resurslardan foydalanish, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash, chiqindilarni qayta ishlash, xavfsizlik va atrof-muhit muhofazasini takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish va energiya xavfsizligini ta’minlash, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sifatini oshirish, jarayonlarni raqamlashtirish mavzulari qamrab olingan bo‘lib, tadbir davomida tanlov g‘oliblari taqdirlandilar.

“Eng yaxshi innovatsion g‘oya taklifi” tanlovi g‘oliblari:

1. Nazarov Sherzod - Metrologiya xizmati chilangari,
2. Ashurov Ismatullo - Metrologiya xizmati muhandisi,
3. Jalilov Zafar - NO‘A va Avtomatika sexi boshlig‘i.

“Eng yaxshi ratsionalizator taklifi” tanlovi g‘oliblari:

1. Toshboev Xo‘jamberdi - Bosh texnolog,
2. Murtazaev Otabek - Etilen ishlab chiqarish sexi boshlig‘i,
3. Abduraxmanov Abror - Texnologiya guruhi yetakchi texnologi,
4. Yuldoshev Baxtiyor - Etilen ishlab chiqarish sexi qurilma boshlig‘i,
5. Parmanov Ulug‘bek - Etilen ishlab chiqarish sexi qurilma boshlig‘i,
6. Elliev Xusniddin - Etilen ishlab chiqarish sexi qurilma mexanigi.

Shuningdek, tadbir davomida Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida o‘tkazilgan "Onlayn shaxmat chempionati-2021" g‘oliblarini ham taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda 1-o‘rinni egallagan  NO‘A va A sexi xodimi Sanjar Qodirov hamda Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i xodimi Iskandar Kenjaevlar 5 mln. so‘mdan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. 2-o‘rinni egallagan majmua bosh metrologi Habibullo Mahmudov hamda Elektr ta’minoti sexi xodimi Sharof Arabovlar diplom va 4 mln. so‘mdan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. 3-o‘rinni egallagan Elektr ta’minoti sexi xodimi Baxriddin Xalilov ham diplom va 3 mln. so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek musobaqada "Eng yaxshi ayol shaxmatchi" deb topilgan Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i xodimi Xurshida Qo‘zieva, "Eng yaxshi yosh shaxmatchi" deb topilgan NO‘A va A sexi xodimi Alibek Ro‘zimurodov, "Eng faol shaxmatchi" deb topilgan Texnika texnologiya xizmati xodimi Asliddin Begimqulovlar ham 1 mln. so‘m miqdorida pul mukfotlari bilan taqdirlandilar. 

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz