Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida, Shaxmatning «Blitz» yo‘nalishi bo‘yicha onlayn tarzda o‘tkazilgan musobaqada majmuaning sex, bo‘lim, xizmat va tarmoqlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan 28 nafar ishchi-xodimlar 27 ta tur doirasida o‘zaro bellashib aql sporti doirasidagi salohiyatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazib oldilar.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, "Elektr ta’minoti" sexi xodimi Arabov Sharof Nurqulovich 23 ochko bilan 3-o‘rin, "Elektr ta’minoti" sexining yana bir xodimi Halilov Baxriddin Rustamovich 24 ochko bilan 2-o‘rin sohibi bo‘lishdi. "Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexi" xodimi Qodirov Sanjar Haydarovich 27 tur doirasida 25 g‘alaba bilan, 25 ochko to‘plagani holda musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek SHGKM ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi xodimi Nazarov Sayyod Eliboy o‘g‘li - "Eng yaxshi yosh shaxmatchi", "Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i" xodimasi Qo‘ziyeva Xurshida Xusanovna - "Eng yaxshi ayol shaxmatchi" nominatsiyalari g‘olibi bo‘lishdi.
"Onlayn shahmat-2022" musobaqasida majmuaning sex, bo‘lim, xizmat va tarmoqlaridan ishtirok etgan ishchi-xodimlarining yakuniy natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi.
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|