Dunyo neft va gaz sanoati hozirgi kunda, sohada mahsulot qazib olish samaradorligini oshirish, ajratilgan xarajatlarni kamaytirish, sohada mavjud qurilmalarning ishlashini nazorat qilib borish, ularni ishlash davomiyligini oshirish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni vaqtida oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni raqamlashtirish orqali amalga oshirib kelmoqda. Yevropaning o‘z sohasida yetakchi o‘rinlarda kelayotgan Siemens kompaniyasi neft va gaz sohasidagi barcha harakatlarni optimallashtirishga qaratilgan dasturlarni (IoT) namoyish etib kelmoqda. Ushbu kompaniya hozirgi kunda neft va gaz sohasida keng ko'lamli dasturiy ta'minot orqali ma'lumotlarni tahlil qilish bo'yicha chuqur bilimlarni tadbiq etib kelmoqda.

Kompaniya sohada qaysi dasturlar orqali raqamlashni yo‘lga qo‘ymoqda?

Raqamli boshqarish orqali, tashkil etilgan chora-tadbirlarni, ishlab chiqarish samaradoligini oshrishga harakatlar bilan optimallashtirish (Topsides 4.0) 

 Siemens o'zining raqamlashtirish bo'yicha tajribasini ushbu dastur orqali namoyish etmoqda. Ushbu dasturiy tizim ishonchli kommunikatsiyalarga asoslangan, avtomatlashtirilgan ma’lumotlarni qabul qilish va tarqatish  modullari asosida ishlaydi.   Dastur asosan dengizda joylashgan neft va gaz platformalari uchun joriy etilgan. Dastur asosida hamma ma’lumotlar masofadan boshqariladi. Bu ma’lumotlar kompaniya rahbarilari va menedjerlari uchun maxsus  tablolarda yoritib boriladi. Olingan ma’lumotlar asosida tahliliy natijalar bilan ushbu platformalardagi olib borilayotgan ishlarga baho beriladi. 

Siemens kompaniyasi dengizda neft va gaz qazib olish samaradorligini oshirish va uni masofiy boshqarishni rivojlanitirishning raqamli yechimi sifatida   Topsides 4.0 dasturini ishlab chiqdi.  
Topsides 4.0 dasturi platformaning kontseptual loyihalash bosqichidan boshlab, undagi mahsulotni tashib ketishgacha bo‘lgan barcha axborotlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu axbarotlar evaziga platformadagi mahsulot qazib olish samaradorligi to‘liq nazorat qilinadi. 

Keling, endi shu dastur asosida ishlaydigan Aker BP kompaniyasining (Norvegiya) Shimoliy dengizda joylashgan, Ivar Aasen neft platformasi bilan tanishamiz.  

Ivar Aasen Shimoliy dengizning shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, suv chuqurligi 110 metrni tashkil qiladi. Ivar Aasen loyhasi 2008 yilda tasdiqlangan va 2013 yilda qurilishi boshlanib, 2016 yilda burg‘ilash ishlari boshlangan.  

Ivar Aasen neft platformasi.

Aker BP kompaniyasining xodimlari Shimoliy dengizda joylashgan bu platforma ishlash jarayonini platformadan emas, balki 1000 km uzoqlikda  Norvegiyaning Trondxaym shahridagi joylashgan, kompaniyaning dispetcherlar xonasidan nazorat qiladilar. Masofadan boshqarish albatta vaqt unumdorligini oshirishi bilan, uskunalarning texnik holatini aniqlash, ularga texnik nosozlik kelib chiqqan payda, o‘z vaqtida samarali yechim topishni amalga oshirishga yordam berаyapdi.  

Xo‘sh natija qanday? 

 Uzoq masofada joylashgan neft platformasidan vaqtida kerakli axborotlarni olish, ishchi - xodimlar sonini maksimal qisqartirish, operatsion xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish, kelib chiqadigan nosozlik va avariyalarni vaqtida bartaraf etish, qurilmadagi o‘lchov uskunalarini va mehnat xavfsizligini qay darajada tashkil etilganligini domiy nazorat qilishni ta’minlab kelmoqda.

 

Ma’lumotlar internet tarmoqlaridan olingan. 

 Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi @sgcc_uzb

 

 

www.sgcc.uz