“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligida joriy yilning yanvar-fevral oylarida neft va gaz qazib chiqarish, qayta ishlash boshqarma va korxonalarida uglevodorodlarni qazib chiqarish va qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirishga qaratilgan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, uglevodorodlarni qazib chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishi natijasida, joriy yilning yanvar-fevral oylarida 14 ta quduq burg‘ilashdan, 109 ta quduq mukammal ta’mirlashdan va 3 ta texnologik obyektlar qurib ishga tushirildi.

Ushbu chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi natijasida, qo‘shimcha 85,9 mln kub metr tabiiy gaz, 1,570 tonna gaz kondensati hamda 220 tonna neft qazib chiqarildi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan geologo-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirilishi hamda mavjud quduqlarni samarali ishlatish natijasida 2022-yilning yanvar-fevral oylarida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan neft va gaz qazib chiqarish va qayta ishlash reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi quyidagicha bo‘ldi:

• Tabiiy gaz – 5 441,4 mln kub metr, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,5%;

• Neft – 17,7 ming tonna, rejaga nisbatan 101,4%;

• Kondensat – 241,3 ming tonna, rejaga nisbatan 103,4%;

• Suyultirilgan gaz – 114,8 ming tonna, rejaga nisbatan 107,0%;

• Oltingugurt – 38,9 ming tonna, rejaga nisbatan 101,2%;

• Avtobenzin – 168,2 ming tonna, rejaga nisbatan 107,5%;

• Dizel yonilg‘isi – 43,8 ming tonna, rejaga nisbatan 145,0%.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan qazib olinadigan uglevodorod mahsulotlari hajmini ko‘paytirish orqali birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini barqaror ravishda tabiiy gaz mahsuloti bilan ta’minlashga va ularning yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgan ishlari davom etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz