Joriy yilning 7-aprel kuni Kengsoy kengliklarida tabiat bag‘rida majmua xodimlarining “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan bayram sayli o‘tkazildi. Majmua ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbir ko‘tarinki ruhda tashkilashtirildi. Bayram ishtirok-chilarini Navro‘z ayyomi munosabati bilan majmua direktori O.Temirov hamda bayramga taklif etilgan mehmonlar qizg‘in muborakbod etishdi. Bayram dasturxonlari yozilib, dasturxonga bahorning tansiq taomlari tortiq qilindi. Bayram dasturidan o‘rin olgan diltortar kuy va qo‘shiqlar bayram qatnashchilari qalbiga huzur baxsh etdi. Ayniqsa, mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahridan taklif etilgan xushovoz xonanda Hosila Raximova hamda viloyatimizning bir guruh san’atkorlari Abbos Aliyev va Dilfuza Tursunova ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar hamda “Nasaf go‘zallari” raqs ansablining chiqishlari bayram qatnashchilarida chuqur taassurot qoldirdi. Bayramga bag‘ishlangan sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Bayram shodiyonasi tantanalari ko‘tarinki saviyada yakunlandi.