Joriy yilning oktyabr oyida Shurtan gaz kimyo majmuasi texnologik jarayonlarining ish samaradorligi va ishonchliligini oshirish maqsadida bir qator qurilma va uskunalarda joriy ta'mirlash va modernizatsiya ishlarini amalga oshirish ishlari rejalashtirilgan.

Joriy ta'mirlash ishlari olib boriladigan sexlar tomonidan mas'ul mutaxassislar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jami 1238 ta ishlar uchun qaydnomalar tayyorlandi va bosh mutaxassislar tomonidan tasdiqlandi.

Xususan;

Etilen ishlab chiqarish sexida 254 ta;
Polietilen ishlab chiqarish sexida 109 ta;
Bug‘ gaz havo ta'minoti sexida 140 ta;
Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexida 532 ta;
Elektr ta'minoti sexida 127 ta;
Tayyor mahsulotlar va xom ashyo sexida 3 ta;
Ichki suv ta'minoti sexida 65 ta;
Oqova suvlarni tozalash sexida 8 ta pozitsiyadan iborat profilaktik ko‘rik o‘tkazish, ta'mirlash va modernizatsiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Kamchiliklar qaydnomalari asosida profilaktik-ta'mirlash ishlari vaqtida bajariladigan ishlar ro‘yxati, tarmoq jadvali va ta'mirlash vaqtida zarur bo‘ladigan material-texnik resurslar, asbob-uskunalar va maxsus texnikalar ro‘yxati shakllantirildi.

Bundan tashqari, ta'mirlash ishlari hajmi katta ekanligini inobatga olgan holda ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash maqsadida xalqaro kompaniya vakillari va turdosh korxonalar bilan yordamchi ishchi kuchi va maxsus texnikalar jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xususan;

Yaponiyaning "Mitsubishi Corporation" kompaniyasi mutaxassislari hamda "MAXSUSENERGOGAZ"AJ mutaxassislari ishtirokida GT/GTB-1201, GT/GB-1501, GT/GB-1601, GB-1801 bug‘ trubinalarini ta'mirlash;
SIEMENES ENERGY kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida GT-1801 gaz trubinasini ta'mirlash;
"Maxsusenergogaz"AJ mutaxassislari ishtirokida 1700 zonadagi Amin bilan tozalash qurilmasi linyasini modernizatsiya qilish ishlarini olib borish;
"Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ mutaxassislari ishtirokida EA-1706A/B/C, EA-1821A/B/C, EA-1118, EA-119, EA-1501A/B/C/D, EA-2102 va boshqa issiqlik almashish apparatlarini yuvish ishlarini olib borishga kelishib olindi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, rejali joriy ta'mirlash ishlari, ishlab chiqarish jarayonlarida kelgusida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalarning oldini olish hamda texnologik qurilma va uskunalarning uzoq muddat sifatli va samarali ishlashini ta'minlash uchun xizmat qiladi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz