Majmuada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sport turlarini rivojlantirish, qolaversa sex, xizmat, tarmoq va bo‘limlararo jamoaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida hamda Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami munosabati bilan 40 yoshgacha bo‘lgan xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tashkil etilayotgan "Mustaqillik kubogi-2023" turniriga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda majmua mutasaddilari va turnirda ishtirok etish istagida talabnoma taqdim etgan 16 jamoaning ishonchli vakillari ishtrok etishdi.

Quyida 40 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida mini futbol "Mustaqillik kubogi-2023 turnirigada ishtirok etuvchi jamoalar bilan tanishishingiz mumkin:
1. "Qarshitermoplast" sexi
2. Polietilen ishlab chiqarish sexi
3. Nazorat o‘lchov asboblari va Avtomatlashtirish sexi
4. "GTL-220" podstansiya sexi
5. Etilen ishlab chiqarish sexi - "ORGINAL" jamoasi
6. Etilen ishlab chiqarish sexi - "JUNIORS" jamoasi
7. SHGKM ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi guruhi
8. Avtotransport bilan ta’minlash xizmati
9. Elektr ta’minoti sexi
10. Bug‘ gaz havo ta’minoti sexi
11. Ichki suv ta’minoti sexi
12. AMMX va TYTTX birlashgan jamoasi
13. Uy-joydan foydalanish xizmati
14. Ma’muriy boshqaruv apparati Yoshlar jamoasi
15. "Yashil makon" MCHJ
16. Tashqi suv ta’minoti sexi
Mutasaddilar tomonidan jamoalarning ishonchli vakillariga o‘yinlarni tashkil etish, ularni olib borish tartiblari batafsil tushuntirilgandan so‘ng, vakillar ishtirokida guruhlarni shakllanitirish maqsadida qur’a tortildi.

Jamoa a’zolari tomonidan tortilgan raqamlarga ko‘ra, quyidagicha guruh shakllandi:

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati