Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sport turlarini rivojlantirish, sexlararo jamoaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning bir qator turlari bo‘yicha doimiy musobaqalar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, majmuada 40 yoshgacha bo‘lgan xodimlar o‘rtasida «Mini futbol-2022» chempionatining dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Dastlab joriy yilning mart oyida ushbu chempionatga start berish oldidan tashkilotchilar va bir qancha sex xodimlari ishtirokida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va jamoalar "A" va "B" guruhlarga saralandilar.

"A" guruh uchrashuvlariga ko‘ra natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Polietilen ishlab chiqarish sexi -Nazorat o‘lchov asboblari sexi +Metrologiya xizmati (NO‘A+MET) 5-4

Etilen ishlab chiqarish sexi - Ma’muriy boshqaruv apparati (EICH-MBA) 4-0

Atrof muhit muhofazasi xizmati+Oqova suvlarni tozalash sexi -  Qorovullik qo‘riqlash xizmati (AMM+OSTI-QQX) 2-0

Tashqi suv ta’minoti sexi - Kengaytirish loyihasi (TST-Kengaytirish) 3-1

"B" guruh uchrashuvlariga ko‘ra natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Elektr ta’minot sexi - Mexanik ta’mirlash sexi (ETTs-MTTs) 8-0

Bug‘ gazhavo ta’minoti sexi - Ichki suv ta’minotti sexi (BGHT-IST) 0-9

ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i+Umumiy ovqatlanish sexi - Avtotransport ta’minoti xizmati (KUK+UOS-ATX)  0-14

Qarshitermoplast sexi+Uy-joydan foydalanish xizmati - Omborlarni boshqarish xizmati+Temir yo‘l transporti xizmati (QTPS+UJFX-OBX+TYX) 12-0


Chempionatning 1-tur o‘yinlari yakuniy natijasiga ko‘ra turnir jadvali quyidagi ko‘rinishga keldi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi"  MCHJ 
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz