Majmuada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sport turlarini rivojlantirish, qolaversa tsexlararo jamoaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida 40 yoshgacha bo‘lgan xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha tashkil etilayotgan chempionatga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda korxona mutasaddilari va tsexlararo shakllangan 16 ta jamoadan ishonchli vakillar ishtrok etishdi. Mutasaddilar tomonidan o‘yinlarni tashkil etish, ularni borish tartiblari jamoa a’zolariga batafsil tushuntirilgandan so‘ng, vakillar ishtirokida guruhlarni shakllanitir maqsadida qur’a tortildi.

Jamoa a’zolari tomonidan tortilgan raqamlarga ko‘ra, quyidagicha guruh shakllandi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz