2017-yilning 31-may kuni majmua ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasining 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qamashi tumanidagi “Mehribonlik uyi”da xayriya tadbiri tashkil etildi. Ushbu hayriya tadbirida kasaba uyushmasining faollari bilan birgalikda majmuaning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti faollari ham ishtirok etishdilar. Tadbir davomida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bayram dasturxoni tuzatildi va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlari namoyish etildi.
Tadbir yakunida majmua vakillari tomonidan Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashabbus guruhi shu tumanning “Sahovat uyi”da ham bo‘lishdi. Ular mazkur uyda istiqomat qilayotgan bir guruh nuroniy qariyalar bilan bir piyola choy ustida dildan suhbatlashishdi. “Sahovat uyi”da istiqomat qilayotgan qariyalar ularga ko‘rsatilgan ushbu e’tibor va izzat-xurmat uchun majmua ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasiga minnatdorchilik bildirib, majmua mehnat jamoasiga muvaffaqiyat va ularga iliq istak va tilaklar izhor etdilar.