"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJning "SHGKM stipendiyasi" joriy etildi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqarish va fan integratsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida hamda majmuaning istiqbolli rejalarining amalga oshirilishida bilimli va yuqori salohiyatli yosh mutaxassislarga bo‘ladigan ehtiyojdan kelib chiqqan holda

Qarshi Davlat Universitetining:

"Kimyo" ta’lim yo‘nalishida,

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining:

"Kimyoviy texnologiya"

"Texnologik mashina va jihozlar"

"Elektr energetikasi"

"Issiqlik energetikasi"

"Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish"

yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar orasidan "ShGKM stipendiyasi"ga 10 nafar munosib nomzodlar sinov imtihonlari asosida tanlab olindi.

"ShGKM stipendiyasi" nomzodlari quyidagilar:

Qarshi Davlat Universiteti:

"Kimyo" ta’lim yo‘nalishidan 4-kurs talabasi

Boymurodov Bexruz Mirbadal o‘g‘li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti:

"Kimyoviy texnologiya" ta’lim yo‘nalishidan 4-kurs talabasi

Jo‘raev Qaxxor Abror o‘g‘li

"Texnologik mashina va jihozlar" ta’lim yo‘nalishidan 4-kurs talabalari

Olimov Abdulxoshim Asqar o‘g‘li

Boqiev Ulug‘bek Alisher o‘g‘li

"Elektr energetikasi" ta’lim yo‘nalishidan 4-kurs talabalari

Do‘stmurodov Begzod Sobir o‘g‘li

Pardaev Nuriddin Normurodovich

"Issiqlik energetikasi" ta’lim yo‘nalishidan 4-kurs talabasi

Xudoyberdiev Omonjon

"Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish" ta’lim yo‘nalishidan 4-kurs talabalari

Mirzaev Shaxzod Ne’matillo o‘g‘li

Ergashev Oybek G‘ofir o‘g‘li

Toshmurodov Shoxobiddin Suyun o‘g‘li

Biz ushbu talabalarga kelgusidagi o‘qishlarida va o‘z kasblari bo‘yicha etuk mutaxassis bo‘lib etishish yo‘lidagi ishlariga omadlar tilab qolamiz!

 

 

www.sgcc.uz