“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish, belgilangan rejalarni o‘z vaqtida bajarib borish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlar natijasida ishlab chiqarish sanoati keskin sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Sanoat korxonalarida Texnik butan xladagent sifatida keng qo‘llanilib, mahsulotga bo‘lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. O‘sib borayotgan talabni qondirish, xamda yangi turdagi mahsulotni mahalliylashtirish maqsadida Texnik butan realizatsiyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Shurtan GKM” MCHJda ishchi loyixa ishlab chiqildi.

Texnik butan realizatsiyasini amalga oshirish uchun tayyorlangan ishchi loyiha asosida majmua ichki imkoniyatlardan foydalanilgan holda, Etilen ishlab chiqarish sexidagi GA-1804 nasosidan Tayyor mahsulotlar va xom ashyo sexining yuklash estakadasigacha alohida, diametri 1.5 dyumli 700 metr quvur tortish orqali GOST 34858-2022 talablariga mos keladigan Texnik butan mahsulotini olish va kerakli miqdordagi mahsulotni sisternalarga yuklash imkoniyatiga ega bo‘lindi.

Hozirda montaj qilingan quvurlar bosim ostida gidravlik sinovdan o‘tkazilib tayyor holatga keltirilgan.

Texnik butan realizatsiyasi loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni Texnik butanga bo‘lgan ehtiyojini ma’lum darajada qanoatlantirib, xladagent, maishiy kimyo va kosmetologiya sanoatini rivojlanishiga, hamda mahsulotlar xilma-xilligini ko‘paytirishga, import mahsulotini kamayishiga va valyutani tejalishiga erishiladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kungacha majmuada gaz tarkibidan ajratib olinayotgan Propan va Butan aralashmasi iste’molchilarga yetkazib berilmoqda edi. Amalga oshirilgan loyiha natijasida esa talabga qarab Texnik butan mahsulotini alohida mahsulot sifatida realizatsiya qilish imkoniyati yaratildi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati