G‘oyaviy va mafkuraviy xurujlarning oldini olish – jamiyat barqarorligining kafolati

26-April, 2017-yil Majmua yangiliklari

2017-yilning 31-mart kuni majmuaning katta majlislar zalida “G‘oyaviy va mafkuraviy xurujlarning oldini olish – jamiyat barqarorligining kafolati” mavzusida ma’naviyat soati o‘tkazildi. Tadbir mobaynida bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega bo‘layotganligi, mafkura qudrati yangi asrimizga kelib nimalarga qodir ekanini barchaga anglatib ulgurganligi, din niqobi ostidagi sarkashliklar, etnik mojarolar, talato‘plar, gegemonlik qutqulari – barcha-barchasi buzg‘unchi g‘oya va mafkuralar atrofida aylanayotganligi to‘g‘risida fikr yuritilib yig‘ilganlarning ham bu boradagi fikr-mulohazalari tinglandi. Mazkur ma’naviyat soatida majmuada mehnat qilib kelayotgan 170 nafar ishchi-xizmatchilar qamrab olinib, tadbirda majmuaning ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Qurbonovning “Mafkuraviy xurujlar intiho topadimi?” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Ma’naviyat soati so‘nggida “NASAF CINEMA” MCHJ tomonidan taqdim etilgan “Zararli aqidalar”, “Sarob” hujjatli filmlari va O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish, uning iqtisodiy salohiyati, xalqning turmush darajasini yanada yaxshilash, mamlakatda ishlab chiqarish sohasini yanada jadallik bilan rivojlantirish maqsadida mustaqillik yillarida barpo etilgan Ustyurt gaz kimyo majmuasi to‘g‘risidagi “Ustyurtga yo‘l” deb nomlangan badiiy film namoyish etildi. Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.