Joriy yilning aprel oyidan iyul oyigacha “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz obyektlari, jumladan, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida “Ernst&Young” konsalting kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlarining operatsion samaradorligi va ishonchliligini oshirish loyihasining 4-bosqichi doirasida o‘quv dasturi o‘tkazildi.
Tasdiqlangan dasturga muvofiq, o‘quv dasturining asosiy yo‘nalishi “Operatsion samaradorlik” va “Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga yangi yondashuvlar” dan iborat.
O‘quv dasturi yakunlangach, xodimlar uchun kompaniya maslahatchisi tomonidan test sinovi o‘tkazildi, natijalarga ko‘ra, maqsadli modelni amalga oshirish uchun eng yuqori ball to‘plagan xodimlar qayd etildi.
2021-yilning oktyabr oyida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining bir guruh mutaxassislari uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislarning keyingi vazifalari o‘quv kurslari davomida olgan bilimlarini amaliyotda samarali qo‘llash, shuningdek, joylardagi hamkasblariga yetkazishdan iborat bo‘lishi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun: “Ishlab chiqarish jarayonlarining operatsion samaradorligi va ishonchliligini oshirish” loyihasi 2020-yil boshidan buyon “Ernst & Young” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Uning maqsadi uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jarayonini samarali boshqarish tizimini yaratish va joriy qilishga qaratilgan.
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati