O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirish bo‘yicha tegishli qaror va farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida hamda “O‘zbekneftgaz” AJning ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, energiya tejovchi uskunalar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar dasturi doirasida jamiyat tarkibidagi neft va gaz obyektlari va ma’muriy binolarda energiya resurslari sarfini kamaytirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Dasturga muvofiq, "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ma’muriy binosi tom qismiga quvvati 50 kVt bo‘lgan ON GRID sestimali quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi.

Mazkur quyosh fotoelektr stansiya yiliga 95.7 ming kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Quyosh panellarini o‘rnatishdan asosiy maqsad elektr energiyasi va bunga sarflanayotgan mablag‘larni tejash, ushbu tejalgan energiyani chekka hududlardagi qishloqlarga yunaltirishdan iborat.


Shu o‘rinda quyosh panellari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz:
Quyosh batareyalari — quyosh energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tokiga aylantiradigan fotovoltaik konvertor, ya’ni yarimo‘tkazgichli qurilma bo‘lib, ular maxsus ramkalarga joylanib, quyosh panellarini hosil qiladi. Aniqrog‘i, quyoshdan olingan yorug‘likni elektr tokiga aylantirib, foydalanishga tayyor holga keltirilgan ramkalardir.
Quyosh panellari quyosh elektr stansiyasi deb ham ataladi. Ularning 2 xil varianti mavjud:
1. Akkumulator bilan ishlaydigan (avtonom quyosh elektron stansiyasi, keyingi o‘rinlarda ES).
Akkumulator bilan ishlaydigan ESlarni elektroenergiya yetib bormagan yoki tez-tez uzilishlar kuzatiladigan joylarga o‘rnatish maqsadga muvofiq. Chunki u zaxirada quyoshdan yig‘gan energiyasini saqlab turadi va sutkaning istalgan vaqtida undan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Uning ishlash tizimi taxminan shunday: Siz foydalanayotgan elektr energiyasi to‘satdan o‘chib qolsa, akkumulatordagi zaxira energiya avtomat tarzda tarmoqqa ulanadi (yetib keladi) va ma’lum soatlarga yetadi.
2. Tarmoq elektrostansiyasi. Unda faqat quyosh panellari va invertorlar bo‘ladi. Bu stansiya elektr tarmog‘i bilan parallel tarzda ishlaydi. Bu usuldan asosan elektr energiyasini iqtisod qilish, tejash maqsadida foydalaniladi.
Uning ishlash prinsipi taxminan quyidagicha: Quyosh panellaridan olingan energiyani invertor 220 yoki 380 voltga aylantirib, kunning yorug‘ vaqtida iste’molchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishi mumkin.
Ortib qolgan energiyani esa, davlat elektr tarmog‘iga uzatib, kunning qorong‘i vaqtida yana o‘sha elektr tarmog‘idan foydalanish imkoni bo‘ladi.
Shunda foydalanuvchi davlat elektr tarmog‘idan deyarli foydalanmagan hisoblanadi. Bu panelni ikki tomonli o‘z hisoblagichi bo‘lib, davlat hisobidan va quyosh energiyasidan umumiy qancha foydalanilganini ko‘rsatib turadi.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|