"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJda yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Bosh direktori Shuxrat Aslanov majmua ishchi-xodimlarini kirib kelayotgan yangi 2021 yil bilan qutlagan holda, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng, joriy yilda erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sarhisob qilindi.

Tadbir davomida, "O‘zbekneftgaz" AJning Gazni qayta ishlash va gazkimyo departamenti boshlig‘i Alisher Baxadirov so‘zga chiqib, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi jamoasini kirib kelayotgan yangi yil bilan qutladi va majmua jamoasini boshqa jamoalarga o‘rnak bo‘ladigan darajada birdam va ahilligini bildirgan holda ushbu jamoa kelajakda bundanda katta zafarlarga erishishida tilakdosh bo‘ldi.

Ma’lumki, tobora yakuniga yetib borayotgan 2020 yil naqafat yurtimiz uchun balki, butun dunyo uchun og‘ir va sinovli bo‘ldi.

Biroq, shunday sinovli kunlarda ham majmuada mehnat faoliyatini olib borayotgan ishchi-xodimlar tomonidan o‘zlarining metin irodalarini namoyish etgan holda, korxonani uzluksiz ish rejimini ta’minlashga va o‘ziga yuklatilgan reja-topshiriqlarni o‘z vaqtida ortig‘i bilan bajarilishiga erishildi.

Shuning bilan birga, joriy yilda majmua tomonidan bir qator loyiha va qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. “Uzbekistan GTL” zavodining tashqi infrastruktura ob’yektlarini qurilish ishlari ham shular jumlasiga kiradi:

“Uzbekistan GTL” zavodining ishchilar shaharchasi;

“Uzbekistan GTL” zavodining ishchilar shaharchasi 5 ta yotoqxona (10 ta bir kishilik lyuks xonali yotoqxona, 40 ta ikki kishilik yuqori qulaylikdagi yotoqxona, 75 ta ikki kishilik 2 ta yotoqxona va 16 ta uch kishilik yotoqxona)lar, sport, sog‘lomlashtirish va madaniy xordiq chiqarish markazi binosi, 100 o‘rinli oshxona, yengil avtomashinalar va avtobuslar turargohlari, basketbol va voleybol maydonchalari kabi bino va inshoatlar qurilib foydalanishga topshirildi.

Gaz ta’minoti ob’yektlari;

Murakkab hamda o‘ta yuqori aniqlikda ishlovchi zamonaviy boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan ushbu gaz ta’minoti ob’yektlarining qurilish-montaj ishlari majmua tomonidan amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi. Mazkur gaz ta’minoti ob’yektlari GTL zavodini xom ashyo va yoqilg‘i gazlari bilan ta’minlaydi.

Elektr ta’minoti ob’yektlari;

Umumiy qiymati 81 mlrd. so‘mni tashkil etadigan ushbu “GTL-220/35/10 kV” podstantsiyasining qurilish-montaj ishlari ham majmua tomonidan amalga oshirildi va foydalanishga topshirildi.

Mazkur podstantsiya “Uzbekistan GTL” zavodi hamda hozirda majmuada amalga oshirilayotgan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi”ni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.

Shuning bilan bir qatorda, joriy yilda majmua ishchi-xodimlari uchun qo‘shimcha ravishda qulayliklar yaratish hamda majmuaning ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida uzluksiz ish rejimini ta’minlash maqsadida 300 nafar ishchi-xodimlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan, yengil konstruktsiya asosida yana bir yangi “Ishchilar shaharchasi” bunyod etildi.

Majmuada amalga oshirilayotgan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsion loyihasi doirasida ham bir qator ishlar jumladan: loyihalash va yer ishlari, moliyalashtirish va kreditlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Tadbir yakunida yil davomida yuqori natijalarga erishgan va majmuada o‘tkazilgan bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan mehnat jamoalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ

 

 

www.sgcc.uz