O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJga portlovchi va zaharli moddalarni tashish, saqlash va ishlab chiqarish uchun berilgan litsenziya talablariga muvofiq hamda majmuada metil spirtini (metanol) tashish, qabul qilish, saqlash va ishlatishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishi va ushbu ishlarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarning javobgarligini yanada oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 23-30 yanvar kunlari Shurtan gaz kimyo majmuasining Sanoat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, mehnat va atrof-muhit muhofazasi boshqarmasining Sanoat xavfsizligi va texnik nazorat xizmati xodimlari va Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi inspektori tomonidan majmuaning metil spirti (metanol) bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etuvchi barcha muhandis-texnik xodimlari uchun navbatdagi bilimlar sinovi tashkil etildi.

Ushbu imtihonlar orqali majmuada ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan “Metanol” moddasini tashish, qabul qilish, saqlash va xavfsiz ishlatish ishlarida ishtirok etuvchi barcha muhandis-texnik xodimlarning bilim va ko‘nikmalari yana bir bor sinovdan o‘tkazib olindi.

Shuningdek, malakali mutaxassislar tomonidan imtihon ishtirokchilariga portlovchi va zaharli moddalarni tashish, saqlash va ishlab chiqarishga oid tegishli normativ hujjatlarning mazmun mohiyati, ularda keltirilgan qoidalar va imtiyozlar haqida yana bir eslatib o‘tildi. Muxandis-texnik xodimlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati