Majmuada jamoa shartnomasinining 2020-yil yakuni bo'yicha Konferensiya bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20 aprel kuni Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining katta faollar zalida majmuada 2019-2021-yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasini 2020-yilda bajarilishi va mazkur jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiya ishida Majmua bosh direktori hamda korxonaning turli sex, bo‘lim, tarmoq va xizmatlaridan saylangan delegatlar, shuningdek, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari Saidmurod Saidmahmudovich To‘xtaev ishtirok etdi.

Konferensiya kun tartibida “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJda 2019-2021-yillar uchun qabul qilingan "Jamoa shartnomasi"ni 2020-yilda bajarilishi va bu to‘g‘risidagi mehnat konsultatsiyasi doimiy komissiyasining dalolatnomasini tasdiqlash, shuningdek, majmuada 2019-2021-yillar uchun qabul qilingan "Jamoa shartnomasi"ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Delegatlar tomonidan jamoa shartnomasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Konferensiyada bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz