"O‘zbekneftgaz" AJ Uglevodorodlarni qazib chiqarish departamentining xizmat xatiga asosan hamda Boshqaruv raisi o‘rinbosari R. Sherovning 2023 yil 17-fevraldagi ko‘rsatmasiga binoan "O‘zbekneftgaz" AJ ga qarashli boshqarma va zavodlarda uglevodorodlarni qazib chiqarish, undagi o‘z ehtiyoj va yo‘qotilishlari sarf miqdorlari, me’yoriy hujjatlari, yo‘riqnoma va balans ko‘rsatkichlarining tahlili, shuningdek energiya resurslari holatini nazoratdan o‘tkazish maqsadida "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv apparati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi.
Ushbu ko‘rsatma ijrosini ta’minlash maqsadida "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ da 20-23 - fevral kunlari "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv apparati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan majmuada o‘z ehtiyoj va yo‘qotilishlari sarf miqdorlari, me’yoriy hujjatlari, yo‘riqnoma va balans ko‘rsatkichlarining tahlili, shuningdek energiya resurslari holati bo‘yicha nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi.
Ishchi guruh, majmuaning bir qancha bo‘limlari, xususan "Ishlab chiqarish bo‘limi", "Integratsion boshqaruv xizmati", "Bosh energetik xizmati", "Metrologiya xizmati" mutaxassislari bilan hamkorlikda umumzavod miqyosida hamda Qarshi shahrida joylashgan «Qarshitermoplast» sexida quyidagi besh yo‘nalishlarda ishlar olib borishdi:

Birinchi yo‘nalishda:
1. Gazni qayta ishlash bo‘yicha normativ hujjatlar;
2. Tayyor xom ashyo mahsulotlarini saqlashga oid normativ hujjatlar;
3. Tayyor mahsulotlarni (polietilen, tozalangan gaz, gaz kondensati, suyultirilgan gaz, oltingugurt, buten-1, propan va h. k.) saqlash va yuklashga oid normativ hujjatlar;
4. Ishlab chiqarish va qayta ishlash hamda yuklash jarayonlaridagi yo‘qotishlar va shaxsiy ehtiyojlarga ishlatishdagi normativ hujjatlar;
5. Har bir ko‘rsatkichni normativ hujjatlarga to‘g‘ri kelishi bo‘yicha asoslangan ma’lumotlar o‘rganilib tahlil qilindi.

Ikkinchi yo‘nalishda:
1. Korxonaning yillik ishlab chiqarish balans ko‘rsatkichlarini shakllantirishdagi normativ hujjatlar;
2. Yillik, oylik, kunlik balans ko‘rsatkichlarini bajarilishi bo‘yicha asoslangan ma’lumotlar;
3. Mahsulotlarning taqsimotini shakllantirish bo‘yicha normativ hujjatlar;
4. Mahsulotlarni belgilangan taqsimotdan tashqari qanday holatda va qaysi iste’molchilarga sotilishi bo‘yicha ma’lumotlar tekshiruvdan o‘tkazildi.

Uchinchi yo‘nalishda:
1. Texnologik cho‘kish va uni hisoblash metodikasi normativ hujjatlari;
2. Texnologik cho‘kishning 2020-2022 yillardagi taqqoslama jadvali ko‘zdan kechirildi.

To‘rtinchi yo‘nalishda:
1. Mavjud texnologik reglamentlar holati, yangi qurilish va modernizatsiya bo‘lgan texnologik reglamentlar holati;
2. Texnologik qurilmalarda texnologik reglamentlarga amal qilinishi bo‘yicha joyida monitoring olib borish;
3. Texnologik reglamentlarni audit qilish tartibi, mas’ul xodimlar va texnologik reglamentlarni tekshirilganligi bo‘yicha asoslangan hujjatlar nazoratdan o‘tkazildi.

Beshinchi yo‘nalishda:
1. «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» AJdan qabul qilinayotgan va «O‘ztransgaz» AJ, “UzGasTrade” AJ, «Xududgazta’minot» AJga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz hisoblagichlari holati, ishlash prinsipi, qiyoslash holatlari, barcha normativ hujjatlari o‘rganib chiqildi.

Ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganishlari natijasida, korxonada mahsulotlarni yo‘qotilishlariga bo‘lgan sarf me’yorlarini nazorat qilib borishga va me’yorlardan ortishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha majmuaning tegishli mutaxassislariga tavsiyalar berildi.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|