Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida “Favqulodda vaziyatlar va yongʼinlar sodir boʼlganda obyekt rahbariyati, qutqaruv tuzilmalari hamda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida taktik-maxsus oʼquv mashgʼuloti oʼtkazildi.
Oʼquv mashqlar davomida shartli ravishda korxona hududida yuzaga kelgan avariya natijasida yongʼin sodir boʼlganda korxona va tashkilotlar favqulodda vaziyatlarga qay darajada tayyorligi, bunday vaziyatlarda korxona ishchilarining oʼzlarini qanday tutishi sinovdan oʼtkazildi.
Ushbu mashgʼulot rejasiga koʼra, shartli ravishda majmuaning ishlab chiqarish obyektlaridan birida yongʼin sodir boʼldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda majmua ishchi-xizmatchilardan iborat qutqaruvchilar oʼz pozitsiyalari asosida darhol yongʼinni bartaraf etishga kirishishdi va yongʼin haqida dastlabki maʼlumotlar barcha tezkor xizmatlarga yetkazildi. Soʼng sodir boʼlgan shartli yongʼinni bartaraf etish uchun jalb qilinadigan vositalarni toʼgʼri yoʼnaltirish, jabrlanganlarni xavfsiz hududga olib chiqish va birinchi tibbiy yordam koʼrsatish harakatlari amaliy tarzda koʼrsatib oʼtildi.
Taʼkidlab oʼtish joizki, bunday mashqlar orqali ixtisoslashgan xizmat xodimlari va qutqaruvchilarda kutilmagan vaziyatlarda ham kerakli koʼnikmalarni rivojlantirishga zamin yaratiladi.
“Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Matbuot xizmati