"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ishchi-xodimlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash va o‘z iqtidorlarini har tomonlama namoyon etishiga imkoniyat yaratish maqsadida har yili an’anaviy ravishda tashkil etib kelinayotgan "Breyn-ring" intellektual shousining 1-saralash bosqichi "E" guruh bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bellashuv, Etilen ishlab chiqarish sexining " ONEKS", Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmatining "ARISTOKRATLAR", "Geolog" madaniy va sport sog‘lomlashtirish markazining "GEOLOG " jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra "ARISTOKRATLAR" jamoasi 5 ball bilan bellashuv g‘olibiga aylandi.
"BRЕYN RING" intellektual shousining 1 saralash "E" guruhi bellashuvi natijalari:

Hay’at a’zolari tomonidan intellektual shou bellashuvida eng yaxshi o‘yinchi deb topilgan, "GEOLOG" jamoasi a’zosi Boboxonov Zuxriddinga majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati