Joriy yilning may oyida Shurtan gaz kimyo majmuasi texnologik jarayonlarining ish samaradorligi va ishonchliligini oshirish maqsadida bir qator qurilma va uskunalarda joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib ayni damda mazkur ta’mirlash ishlari uchun tayyorgarlik jarayonlari yakuniy bosqichga yetdi.
Mazkur joriy ta’mirlash ishlari vaqtida majmuada mavjud FF-1801 B/C, quritgichlarida adsorbentlarni yangisiga almashtirish, YES-1701 havo bilan sovitish apparatini kirish va chiqish zadvijkalarini tekshirish va ta’mirlash, DA-1401, DA-1102, DA-2201/04 kolonnalarini ichki qismini tozalash, 85 dona issiqlik almashtirgich apparatlarini issiqlik almashinish qobiliyatini yaxshilash maqsadida quvur bog‘lamlari ichki va tashqi qismlarini suv bilan yuvish kabi asosiy ishlarni bajarish rejalashtirilgan.
Shuningdek, majmua bo‘yicha 93 dona bosim ostida ishlaydigan idishlarni, 29 dona aylanuvchi uskunalarini ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash, 23 dona prujinali ximoyalovchi klapan (SPPK) larni taftish qilish va ta’mirlash, 103 ta texnologik quvurlarni davriy taftishdan va suv bilan sinovdan o‘tkazish ishlarini bajarish rejalashtirilgan bo‘lib, joriy ta’mirlash ishlari olib boriladigan sexlar tomonidan mas’ul mutaxassislar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jami 726 ta ish jarayonlari uchun qaydnomalar tayyorlandi va bosh mutaxassislar tomonidan tasdiqlandi.
Kamchiliklar qaydnomalari asosida profilaktik-ta’mirlash ishlari vaqtida bajariladigan ishlar ro‘yxati, tarmoq jadvali va ta’mirlash vaqtida zarur bo‘ladigan material-texnik resurslar, asbob-uskunalar va maxsus texnikalar ro‘yxati shakllantirildi.
Xususan:
- Etilen ishlab chiqarish sexida 179 ta;
- Polietilen ishlab chiqarish sexida 206 ta;
- Bug‘ gaz havo ta’minoti sexida 68 ta;
- Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexida 236 ta;
- Elektr ta’minoti sexida 31 ta;
- Tayyor mahsulotlar va xom ashyo sexida 5 ta;
- Metrologiya xizmatida 1 ta pozitsiyadan iborat bajariladigan ishlar ro‘yhati asosida profilaktik ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, ta’mirlash ishlari hajmi katta ekanligini inobatga olgan holda ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida turdosh korxonalar bilan yordamchi ishchi kuchi va maxsus texnikalar jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, rejali joriy ta’mirlash ishlari, ishlab chiqarish jarayonlarida kelgusida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kutilmagan uzilishlarning oldini olish hamda texnologik qurilma va uskunalarning uzoq muddat sifatli va samarali ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati