Gʻuzorda ehtiyojmand oilalar va nogironligi bor fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda

Nogironligi bo‘lgan fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotganlar va yolg‘iz keksalar xolidan xabar olib, ularning dillariga mehr va shodlik ulashib yashash har bir musulmonga xos fazilat.

Mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati tuman hokimligi, O‘zbekiston energetika neft-gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi va "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ bilan hamkorlikda 100 nafardan ortiq ehtiyojmand, nogironligi bor oilalar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga  oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Saxovat tadbirlari tuman bo‘ylab barcha mahallalarda davom etmoqda.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|