Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrining “Korxonalarni xususiylashtirish va sog‘lomlashtirish klinikasida” faoliyat yurituvchi “O‘zbekneftgaz” AJning mahalliylashtirish va kooperatsiya pavilyonida “Tarmoq-hudud” prinsipi asosida hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi va Respublika yagona kooperatsiya portali a’zolari hamkorligida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda 50 ga yaqin hudud tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv mobaynida xaridlar tizimidagi eng so‘nggi yangiliklar va imkoniyatlar haqida mahalliy tadbirkorlarga ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-yanvardagi 41-sonli qarori bilan ham tanishtirildi.

Tadbirkorlarga 2021-yilda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarma va korxonalar ehtiyoji uchun talab etiladigan MTRlar ro‘yxati tarqatildi.

Uchrashuv yakunida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga dastlab importdan xarid qilinayotgan mahsulotlarni o‘zlashtirish imkoniyatini o‘rganish uchun ro‘yxatlar taqdim etildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz