“O‘zbekneftgaz” AJning xalqaro biznes muhiti va moliya bozorlariga yanada integratsiyalash uchun xorijiy kompaniyalar tomonidan onlayn tashkil etilayotgan vebinar hamda xalqaro konferentsiyalar alohida ahamiyat kasb etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJning xalqaro moliya bozoridagi o‘rnini mustahkamlash va xorijiy investorlarni ikki tomonlama manfaatli hamkorlikka jalb qilish maqsadida, mutaxassislar “Sberbank” AO (Rossiya Federatsiyasi) tomonidan tashkil etilgan vebinarda ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuv doirasida xorijiy sheriklarga neft-gaz tarmog‘ining transformatsiyasi, tarmoqni isloh qilish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, uni moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda kompaniyaning yangi istiqbolli loyihalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, investorlarga tizimda amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli loyihalar, jumladan, joriy yil oxiriga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan “GTL” zavodi texnologiyasi asosida sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish (Gas to Liquefied), Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish va Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya va rekostruktsiya qilish haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlash joiz, xalqaro investitsiya fondlari “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatiga katta qiziqish uyg‘otdi. “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislari loyihalarni moliyalashtirish, kompaniyaning strategik rejalari, loyihalarni moliyalashtirishda xorijiy kompaniyalarning ishtirok etish tartiblari bilan bog‘liq bir qator savollarga javoblar berishdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz