Yevropa ittifoqida Oʼzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi tomonidan tashkil etilgan birinchi birja savdo maydonchasi ochilishi munosabati bilan savdo maydonchasi taʼsischisi hisoblangan Latviyaning "Shipleart" MCHJ (AP Holding) kompaniyasi boshqaruv raisi Аleksandr Petrov boshchiligidagi "Ishchi guruh" Shoʼrtan gaz kimyo majmuasiga tashrif buyurgan edi.
Tashrif davomida "Ishchi guruh" tomonidan majmuada ishlab chiqarilayotgan polietilen mahsulotiga katta qiziqish bildirilib, ikki davlatning eksport-import yoʼnalishidagi kompaniyalari bilan kelgusidagi hamkorligi shuningdek, oʼzbek kompaniyalarining Yevropadagi vakilliklari hamda qoʼshma korxonalarni tashkil etishi yuzasidan muzokaralar olib borilgan edi.
Yaqinda, ushbu olib borilgan muzokaralar natijasida ikki tomon o'zaro kelishuvga erishdi.