Xabaringiz bor, epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan mamlakatimizda karantin tartibini kuchaytirish bo‘yicha qator choralar e’lon qilindi.

Respublika iqtisodiyot tarmoqlari va aholisiga yoqilg‘i-energetika mahsulotlarini barqaror yetkazib berish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev topshirig‘i bilan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari va qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarishning uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olingan.

Xususan, tizimdagi korxona va boshqarmalarda koronavirus pandemiyasining neft va gaz sohasiga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida mas’ul xodimlardan iborat shtab tomonidan kechayu-kunduz navbatchilik asosida faoliyat olib borilmoqda.

Sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi departamenti mutaxassislari tomonidan aprel oyida quyidagi boshqarma va korxonalarda “COVID-19” koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi:

•Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi;

•Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi;

•Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi;

•“O‘zneftgaz burg‘ulash ishlari” MChJ;

•“Uzbekneftegaz GTL” zavodi;

•Muborak gazni qayta ishlash zavodi;

•“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi”MChJ;

•“Guliston neft bazasi” MChJ va unga qarashli filiallar;

•“Navoiy neft bazasi” MChJ va unga qarashli filiallar;

•“Jizzax neft baza” MChJ va unga qarashli filiallar;

•“Termiz neft bazasi” MChJ va unga qarashli filiallar;

•“Qarshi neft bazasi” MChJ va unga qarashli filiallar;

Tadbirlar davomida mutaxassislar tomonidan obyektlarga sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi yo‘nalishlarida amaliy yordam berildi.

Joriy yilning aprel oyi holatiga ko‘ra, tizimdagi boshqarma va korxonalar bo‘yicha 179 168 dona tibbiy niqob, 57 912 juft tibbiy qulqob, 14 948 dona xo‘jalik sovuni, 11 740 dona antiseptik vositalar va 382 dona pirometr (teplovizor)lar bilan ta’minlangan.

Bundan tashqari, boshqarma va korxona rahbarlari pandemiya tarqalishini oldini olish hamda xodimlarning xavfsizligini ta’minlash uchun viloyat, shahar, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan belgilangan tartibda shartnoma asosida ish joylarida test topshirilishi tashkil etilmoqda. Koronavirusga chalingan va unga gumonlanuvchi hamda pnevmoniya xastaligi bilan kasallangan ishchi-xodimlar Jamiyat hisobidan davolanishi amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz