“Konstitutsiya va milliy qadriyatlarimiz”

6-Dekabr, 2017-yil Majmua yangiliklari

2017 yil 4 dekabr kuni O‘zXQ G‘uzor harbiylashtirilgan gaz qutqaruv otryadi shaxsiy tarkibi otryadida Respublika targ‘ibot guruhi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan huquqiy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi rahbari L.Saodatova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi ma’sul xodimi G‘.To‘laganov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi kajedra mudiri Sh.Zulfiqorov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir D.Rajabov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori M.Raxmatov va Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktyori N.Mamatovlar ishtirokida “Konstitutsiya va milliy qadriyatlarimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati mobaynida targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan hayotimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarga Bosh qomusimiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani to‘g‘risida bildirildi.