“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalarda oqava, aylanma, texnik suvni turli xil birikmalaridan tozalash, jarayonida qo‘llanilayotgan kimyoviy reagentlarining xususiyatlarini tiklash, yaxshilash maqsadida qator xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Ularda zamonaviy yangi turdagi kimyoviy reagentlarni ilmiy-tajriba ishlarini olib borish va ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Kuni kecha Rossiya Federatsiyasining turli xil energetika, neft va gaz, kimyo sanoat sohasida suvlarini tozalash bo‘yicha 25 yillik tajribaga ega bo‘lgan “Ekoenergo” MCHJ vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Xorijlik mutaxassislar tomonidan kompaniyada ishlab chiqariladigan kimyoviy reagentlar bo‘yicha tayyorlangan taqdimot namoyish etildi.
Muloqotda “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, “Uzbekistan GTL” va Ustyurt gaz kimyo majmualari mutaxassislari tomonidan kompaniyada ishlab chiqariladigan kimyoviy reagentlar xususiyatlari, sinov jarayonlarini olib borish va erishiladigan ijobiy natijalar to‘g‘risida qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.
Ma’lumot uchun, ta’kidlash mumkinki, “Ekoenergo” MCHJ tomonidan “OPTION” va “EKTOSKEYL” brendi ostida yiliga 70 xil turdagi umumiy miqdori 5000 tonna bo‘lgan asosida kimyoviy reagentlar ishlab chiqariladi.
Ular suv sovitish tizimi, issiqlik tizimi, teskari osmos va qozonxonalarda ishlatiladi.
Bundan tashqari, kompaniya tomonidan 300 dan ortiq turli xildagi avtomatlashtirilgan dozirovka tizimlari, shuningdek, loyihalar ishlab chiqish, ularni amalga tadbiq qilish va texnik-servis xizmatlar ko‘rsatiladi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati