O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasining bir guruh faollari Misr Arab Respublikasining Qohira hamda Sharm-El-Sheyxda tashkil qilingan xalqaro forumda ishtirok etishdi.

“Mehnat muhofazasi va gigiyenasi” mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur forumda turdosh kasaba uyushmalari bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida Tarmoq Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi boshchiligida xalqaro ishlar bo‘limi mudiri, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekgeofizika” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitalari, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ hamda “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Kasaba uyushma qo‘mitalari vakillari hamrohligida xalqaro turdosh kasaba uyushmalari tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va uni rivojlantirish maqsadida Misr Arab Respublikasining kommunal xodimlari kasaba uyushmasi hamda tarmoq kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda tuzilgan do‘stlik va hamkorlik shartnomasi hamda taklifiga ko‘ra 7 kun davomida mintaqada mehmon bo‘lishdi.

Safar davomida forum ishtirokchilari kelgusida orttirilgan tajribalarni tarmoq tizimida keng tadbiq qilishni rejalashtirib olishdi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz