“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev topshirig‘iga asosan uglevodorod xomashyosining qayta ishlash hajmini ko‘paytirish, zaxirani oshirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning yanvar-iyun oylarida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neftni qayta ishlash zavodlarida jami 764,2 ming tonna uglevodorod xom ashyosini qayta ishlashga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Birja savdolarini kuzatadigan bo‘lsa yanvar-iyun oylarida respublika iste'molchilariga sotilgan jami avtobenzinning 75-80 foizi, dizel yonilg‘isining 45-50 foizi O‘zbekneftgaz” AJ hissasiga to‘g‘ri kelganligini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, joriy yilning iyul oyida “Uzbekistan GTL” zavodi o‘z ish faoliyatini boshlaganligi hisobiga yuqori sifatli Yevro rusumidagi sintetik dizel yonilg‘isi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. 2022-yilda Respublika iste'molchilarining dizel yonilg‘isiga bo‘lgan etiyojini 18-20 foizi ushbu yangi turdagi yonilg‘i bilan qoplanishi kutilmoqda.

Ma'lumot o‘rnida shuni takidlash kerakki, Jahon bozorida “Brent” markali neft narxining o‘zgarishi butun dunyoda benzin, dizel yonilg‘isi va boshqa turdagi neft mahsulotlarining narxlarini o‘sishi yoki tushishiga ta'sir etuvchi muhim omil bo‘lmoqda. Bugungi kunda, benzin rekord darajada qimmatlashi natijasida Germaniya, Shvedsiya, Niderlandiya, Islandiya, Gretsiya va boshqa ko‘plab yevropa davlatlarida benzin narxi 1,2 – 2,0 barobarga oshgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan iste'molchilarning tabiiy va suyultirilgan gaz, neft mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda ularning narxlarini barqaror saqlab turish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Ushbu say-harakatlar natijasida o‘tgan davr mobaynida tabiiy gaz, neft va gaz kondensati qazib chiqarish, neft-gaz mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi bajarilishiga erishildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz