ShGKM MChJ xotin-qizlar qo'mitasi «Jamiyatda yashash san'ati» nomli loyihasini davom ettirmoqda. Loyiha doirasida, shu kungacha o'tkazilgan seminar-treninglarda 300 ortiq majmua xotin-kizlari qatnashib, turmush va mexnat jarayonlarida insoniy sifat va xususiyatlarning muhimligi, munosabatlar natijasida yutuq va omad, nizo va kelishmovchilik holatlari, o'z vazifasiga ma'sullik va javobgarlik bilan yondashish, jamoa o'rtasida o'zaro ijobiy munosabatda bo'lish borasida yangi axborot va ma'lumotlar olishmoqda.


Qo'mita raisi N.Achilova muntazam majmua xotin-qizlari bilan uchrashib suxbatlar o'tkazadi.