O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ hamda majmua Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini hamda davlat va jamiyat rivojlanishida yoshlarning o‘rni beqiyosligini targ‘ib qilish maqsadida Kitob tumanidagi 5-mehribonlik uyida "Sen-qudrat manbai, saodat maskani jonajon O‘zbekistonim!" shiori ostida "Istiqlol bergan imkoniyatlar" loyihasi tashkil etildi.

Loyiha doirasida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat-shashka musobaqalari, kitoblar taqdimoti, tarbiyalanuvchilarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan "Sen-qudrat manbai, saodat maskani jonajon O‘zbekistonim!" nomli bayram dasturi ham namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida loyiha doirasida faol ishtirok etgan yoshlar "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Targ‘ibot tadbirlarining izchil o‘tkazilishi yoshlarning huquqiy ong va tafakkurini yanada kengaytirish, demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida faol ishtirokini ta’minlash, yurtimizda kechayotgan barcha sohalardagi islohotlardan xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti

 

 

www.sgcc.uz