Bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarma va korxonalarga ishga qabul qilish jarayonlarida shafofflikni ta’minlash maqsadida bo‘sh vakant lavozimlariga qabul, tanlovlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinib borilmoqda. Nomzodlar uchun onlayn tartibida hujjatlar topshirishiga imkoniyat yaratildi.

Xususan, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yetuk va malakali mutaxassis xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni doimiy ravishda qondirib borish maqsadida nomzodlarni bir necha bosqichda tanlab olish va nomzodlar zaxirasini yaratish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Ish izlovchilar majmuada xodimlar zaxirasi uchun onlayn tartibda anketa so‘rovnomani to‘ldirish orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

To‘ldirilgan so‘rovnomalar majmua mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi, mutaxassislik yo‘nalishlari mos kelgan va yuborilgan ma’lumotlari ijobiy baholangan nomzodlar talabga ko‘ra kelgusida bosqichli imtihonlarga taklif etiladi.

Nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzodlarni ro‘yxatga olish!

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdH3BpzzSU7FFi-7Iywu0G7583fdayxMCtt2vQcGAG0XelrUQ/viewform

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz