Investitsion loyihalarga doir masalalar muhokama qilindi

“O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Ablullaev va “Air Products and Chemicals, Inc.” (AQSH) kompaniyasining Markaziy Yevropa, MDH bo'yicha Vitsa-prezidenti Vatslav Harant bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv o'tkazdi.

Muzokora davomida tomonlar neft-gaz sanoatida qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jahon energetika va neft-kimyo bozorini rivojlantirishning hozirgi holati va tendensiyalariga oid qator masalalarni muhokama qildilar.

“Air Products and Chemicals, Inc.” Kompaniyasi vakillari O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlab, o'z qiziqishini bildirdi

Uchrashuvda tomonlar hamkorlikni davom ettirish shuningdek, qo'shma faoliyatning yangi yo'nalishlarini ishlab chiqish zarurligiga kelishib olindi.

Eslatib o'tamiz, “Air Products and Chemicals, Inc.” dunyoda sanoat gazlarini ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi hisoblanadi va bozorda 80 yildan ko'proq vaqt davomida faoliyat qilib kelmoqda. 2019 moliya yilida kompaniya savdo operatsiyalarning hajmi 8,9 mamlakatlarida 50 milliard dollarni tashkil etdi, kapitallashuv hajmi 50 milliard dollarga yetdi

Kompaniyaning asosiy faoliyati turli sohalar uchun atmosfera va tehnologik gazlar va tegishli uskunalarni ishlab chiqarish, shu jumladan neftni qayta ishlash va neft-kimyo, metallurgiya, elektronika, oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish.

“O'zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz