Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Sultanovning 2018 yil 9 martdagi “Respublikaning ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida korxonalarning zamonaviy mashina va mexanizmlarini ishlatish va xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarni respublika taʼlim muassasalarida oʻqitishni tashkil qilish va servis xizmatlarini keng qoʻllashni nazarda tutgan holda malakasini oshirish yuzasidagi” chora-tadbirlari rejasi ijrosini taʼminlash maqsadida amaliy ishlar belgilangan.

 

Shu jumladan, 2018 yil 21 dekabrda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ direktori Sh.Aslanov Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan neft-gaz sohasiga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, taʼlim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv mobaynida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida neft-gaz sanoatining oʻrni,oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy taʼlim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-2909-son qaroriasosida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJni Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti (QMII)ning kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etilganligi va boshqa taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorlik ishlari olib borilayotganligi bildirildi.

Uchrashuv davomida QMII talabalari tomonidan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ direktori Sh.Aslanovga oʻzlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.