Sho‘rtan hududidagi konlar, xususan, “Sho‘rtan” koni Shurtan gaz kimyo majmuasi va “Uzbekistan GTL” zavodining xomashyo bazasi hisoblanadi. Shu sabab, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida ham uglevodorodlar zaxiralarini ko‘paytirish, qurilmalar quvvatlarini oshirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihalar doirasida Shurtan gaz kimyo majmuasi hamda "Uzbekistan GTL" zavodlari uchun Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi Bosh inshootidan qo‘shimcha gaz quvuri tortish ishlari yakunlanib, korxonalarni bog‘lovchi diametri 1020 mm., uzunligi 33 km.ni tashkil etadigan quvurlar yotqizildi.

O‘lchov uzelining boshqaruv qismi Shurtan gaz kimyo majmuasi hududida joylashgan bo‘lib, magistral quvurni uzelga ulash 530 mm diametrli umumiy uzunligi 300 metrni tashkil etuvchi quvur orqali amalga oshirildi.

Ushbu loyihaning sinov jarayonlari o‘z nihoyasiga yetib, "O‘zbekneftgaz" AJ, "Sho‘rtan NGQCHB" hamda "Shurtan GKM" MCHJ mutaxassislari nazoratida tozalangan va quritilgan gazning ilk oqimi yangi tortilgan quvurdan "Uzbekistan GTL" zavodiga yetkazib berildi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz