Mamlakatimiz yoshlarini harbiy-vatanparvarlik tuygʻusida tarbiyalash, ularni xalqimiz kelajagida dahldorlik hissida voyaga yetkazish, yurtimizning harbiy salohiyati va Vatan himoyachilarining jangovar shayligi bilan yoshlarni tanishtirish maqsadida joriy yilning 22 fevral kuni majmua yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli polkovnik Abdulla Adhamovich komandirlik qilayotgan harbiy qismda majmua yoshlari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

2602192.jpg

Bir nechta oʻquv joyida namoyish etilgan koʻrgazmali mashgʻulotlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, ekskursiya davomida harbiy xizmatchilar jangovar texnika vositalari va ularning vazifalari xususida batafsil maʼlumotga ega boʻlishdi.

2602193.jpg

Shuningdek, yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topishiga hissa qoʻshish maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida majmua yoshlari harbiy qismdagi shart-sharoit bilan yaqindan tanishib,harbiy qism elektron tirida esa nishonlarga oʻq otish boʻyicha maʼlumot va amaliy koʻnikmalar berildi.

2602195.jpg

.

2602196.jpg

.

2602194.jpg