"ShGKM ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi" va "Uzbekistan GTL" zavodi uchun yangi qurilayotgan "GTL" podstantsiyasida elektr jihozlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 8 avgustdagi 868-F-son farmoyishiga asosan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi tozalangan metan gazi bazasida suyuq sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish" investitsiya loyihasining tashqi infrastruktura ob’ektlarini qurish "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ zimmasiga yuklatilgan.

"Uzbekistan GTL" MChJ va “Sho‘rtan GKM” MChJ ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish bo‘yicha elektr ta’minoti ob’ektlari loyihalarini amalga oshirish uchun “Sredazenergosetproekt” loyihalash instituti bilan 2019 yilda shartnoma imzolangan.

“Sredazenergosetproekt” loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha asosida 2019 yilning ikkinchi yarim yilligidan "Sho‘rtan" podstantsiyasi va “GTL” podstantsiyasining qurilish ishlari boshlab yuborildi.

"Sho‘rtan" podstantsiyasini kengaytirish maqsadida: ochiq taqsimlash qurilmasi (ORU)ga o‘rnatiladigan o‘chirgich (viklyuchatel)lar, tok transformatorlari, ajratkich (razyedinitel)lar, yerlantirgichlar (kontur zazemleniya), yashin qaytargichlar va portallar oralig‘idagi havo uzatish tarmog‘iga ochiq simlar orqali montaj ishlari bajarilib, naladka va sinov ishlarini bajarish uchun tayyor holatga keltirilgan.

Yangi qurilayotgan "GTL" podstantsiyasida: "HYOSUNG HEAVY" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilib, etkazib berilgan transformatorlarni “TURON ELEKTROMONTAJ” korxonasi tomonidan montaj ishlari 2020 yil yanvar oyida tugatildi.

"NP ESAN" MChJ naladchiklari tomonidan naladka va sinov ishlari bajarilib, qolgan elektr qurilmalarni montaj ishlari tugagandan keyingi bosqichlar bo‘yicha naladka va sinov ishlarini bajarilishi ko‘zda tutilmoqda.

Yangi qurilayotgan "GTL" podstantsiyasidan "Uzbekistan GTL" zavodigacha bo‘lgan masofada ikki tarmoqli havo tarmoqlari to‘liq qurib bitkazildi.
"GTL" podstantsiyasining binosidan havo liniyasiga chiquvchi hamda "Uzbekistan GTL" zavodi ichki yopiq taqsimlash qurilmasigacha kiruvchi kabel liniyalariga ishlatiladigan yuqori kuchlanish kabellari to‘liq keltirildi.
"GTL" podstantsiyasi hududiy yoritish tizimlari, yordamchi ob’ektlar yong‘inga qarshi suv nasos stantsiyasi va rezervuarlari hamda yog‘ xo‘jaligi binolarining qurilish va montaj ishlari yakunlandi.
Hozirgi kunda "GTL" podstantsiyasida qurilish va elektr montaj ishlari loyiha asosida olib borilmoqda.

"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ

 

 

www.sgcc.uz