Germaniya Federativ Respublikasi Leypsig shahri Hunarmandchilik palatasi rahbari Lux Volker va “Avestos” kompaniyasi direktori Michel Klauslar Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif davomida germaniyalik mutaxassislar dastlab "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ rahbariyati bilan majmua xodimlarini zamonaviy texnologiyalardan foydalanish malakasini oshirish bo‘yicha hamda chet tillariga o‘qitish yuzasidan muzokaralar olib borishdi.

Muzokaralardan so‘ng, mehmonlarni majmuaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirish maqsadida zavod texnologik hududi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida mehmonlar zavod boshqaruv pulti binosi, mexanik ta’mirlash sexi, ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati, polietilen ishlab chiqarish sexi hamda zavod markaziy laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, mutaxassislarimiz tomonidan mehmonlarga majmuaning ish faoliyati, mavjud texnologik qurilmalar hamda yillar davomida erishib kelinayotgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ma’lumot uchun, Germaniya delegatsiyasi Qashqadaryo viloyatiga ta’lim, sanoat-ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish hamda davomiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashrif buyurishgan.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati