"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Etilen ishlab chiqarish sexining gazlarni ajratish qurilmasi FD-1701 - faollashtirilgan ko‘mir yordamida dietanolamin eritmasini tozalash filtrida, faollashtirilgan ko‘mirni almashtirish ishlari olib borildi.

Etilen ishlab chiqarish sexi gazlarni ajratish qurilmasida joylashgan FD-1701 filtri "ABB lummus global GmbH" kompaniyasi buyurtmasiga asosan "GEMSTAR" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, 1999 yilda majmuaga olib keltirilgan va o‘rnatilgan.

FD-1701 filtrining vazifasi, dietanolamin eritmasi tarkibidagi, yuqori haroratda eritmaning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotlar, issiqqa bardoshli tuzlar, yemirilish (koroziya) mahsulotlari va polimerlarni yutib qolishdan iborat. Agar yuqoridagi jarayon filtr yordamida amalga oshirilmasa, dietanolamin eritmasinining nordon gazlarni yutish effektivligi tushib ketadi va natijada bu holat ishlab chiqarish samaradorligining pasayishiga olib keladi.

Ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash, samaradorligini oshirish maqsadida FD-1701 filtridagi faollashtirilgan ko‘mir kimyoviy reagenti majmuaning yillik chora tadbirlari rejasiga ko‘ra bir yilda uch marta ya’ni har to‘rt oyda bir almashtirilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, FD-1701 filtriga yuklanadigan faollashtirilgan ko‘mir Nanjing Lanya Chemical (UK) Co., Ltd. (Xitoy) kompaniyasi tomonidan keltirilgan.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|